Umid Ahmadjonov xorijlik murabbiy bilan shartnoma imzolash uchun Dubayga uchib ketdi
![Umid Ahmadjonov xorijlik murabbiy bilan shartnoma imzolash uchun Dubayga uchib ketdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/9/720_460_95_3913692141.jpg)
O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va mamlakat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun erta tongda yangi bosh murabbiy bilan boshlangan muzokaralarni nihoyasiga yetkazish uchun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga jo‘nab ketdi.
Ma’lum qilinganidek, O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyi xorijlik kuchli mutaxassis, jahon futbolidagi top murabbiy bo‘ladi. Ayni paytda u o‘z terma jamoasini Rossiyada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorlamoqda. Bilasiz, xar bir murabbiy shartnomasi tugashiga 6 oy qolganida yangi takliflarni ko‘rib chiqishga va muzokaralar o‘tkazishga haqli. Shu sababdan ham, yangi bosh murabbiy bilan terma jamoamiz masalasida yakuniy kelishuvga erishildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq terma jamoani portugaliyalik murabbiy Karlush Keyrush boshqarishi mumkinligini xabar qilgan edik.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter