Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti bo‘ldi

Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti bo‘ldi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya Kengashining 38-Bosh Assambleyasi (OOK) o‘z ishini olib bormoqda. Bosh Assambleya davomida 2019-2022 yillar uchun tashkilot rahbariyatiga, Ijroiya Qo‘mitasi va doimiy komissiyasiga a’zolar saylandi.

Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidentligi lavozimiga Markaziy Osiyo mintaqasidan O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovning nomzodi qo‘llab-quvvatlandi va shu tariqa u Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov shuningdek Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi prezidenti ham hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring