Ukraina futbol bo‘yicha jahon chempionatini qabul qilmoqchi

Ispaniya, Portugaliya, Ukraina va Marokash 2030-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish uchun qo‘shma ariza berishga qaror qildi, deb xabar beradi L’Equipe.
Agar ushbu to‘rtta davlatning qo‘shma arizasi yutib chiqsa, tarixda birinchi marta musobaqa Yevropa va Afrikada bir vaqtda o‘tkaziladi.
Shuningdek, Argentina, Urugvay, Chili va Paragvay ham qo‘shma ariza topshirishgan.
1930-yilda birinchi jahon chempionati Urugvayda bo‘lib o‘tgandi. Agar janubiy amerikaliklar g‘alaba qozonsa, oradan roppa-rosa 100 yildan keyin jahon chempionati Urugvayga qaytadi.
Ukraina allaqachon yirik futbol turniriga mezbonlik qilgan. 2012-yilda Ukraina va Polsha maydonlarida Yevropa chempionati bo‘lib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter