Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uddaburon Yoxan Kroyf va ayyor Pele haqida

Uddaburon Yoxan Kroyf va ayyor Pele haqida

Yoxan Kroyf

Foto: «Sports.ru»

1974-yilgi Jahon chempionatida Bekkenbauer, Myuller va Braytner kabi yuluzlari bilan mezbon Germaniya Federativ Fespublikasi futbolchilari g‘olib chiqishdi. Biroq ko‘pchilik eng kuchli jamoa deb, shubhasiz, Gollandiya milliy terma jamoasini tan olishdi. Afsonaviy murabbiy Rinus Mixels G‘arbiy Germaniyada o‘sha davrning eng kuchli universal futbolchilari — Krol, Neskens, Rensenbrinklar orqali total futbolni namoyish etib, hammani lol qoldirgan edi.

Har bir golland futbolchisi o‘ziga xos iste’dod sohibi bo‘lib, ularni boshqa biri bilan solishtirib bo‘lmasdi. Ammo, asosiy yulduzni tanlashga kelganda, barcha birdek fikrni bildirardi — Yoxan Kroyf. U turnir davomida 3 gol kiritdi va o‘zining takrorlanmas aylanma fintini namoyish etdi. O‘sha davrning yulduzi hisoblangan Yoxan faqatgina maydondagi harakatlari bilan cheklanib qolmadi. Chempionatdan oldin unda yaxshigina moliyaviy homiylar paydo bo‘lgan, uning futbolkasi gigant-brendlar «Adidas» va «Puma» klassik qarama-qarshiligining bir bo‘lagiga aylandi.

Chempionat boshlanishiga oz vaqt qolganida Gollandiya futbol federatsiyasi «Adidas» bilan homiylik shartnomasini imzoladi va jamoaning to‘q sariq rangli liboslarida sport firmasining an’anaviy uch chizig‘i paydo bo‘ldi. Bu haqda terma jamoa futbolchilariga ma’lum qilinmadi. Kroyf bu xabarni eshitgach juda g‘azablandi. Sababi futbolchining boshqa bir sport kompaniyasi — «Puma» bilan shaxsiy shartnomasi bor edi. «Puma King» butsalarida maydonga tushadigan futbolchi raqobatchi-brendning futbolkalaridan foydalana olmasdi.

Ana shunday qaltis vaziyatdan Yoxan sixni ham, kabobni ham kuydirmay, ustalik bilan chiqib ketdi. Ikki tomon amaldorlariga ham imkoniyat qodirilmadi. Barchasi juda oddiy hal qilindi: Kroyf futbolkasidagi chiziqlardan birini olib tashladi va uning prinsiplari va pullari o‘zida qoldi.

Yoxan Kroyf haqiqatan ham Rudolf Dassler tomonidan asos solingan firmani juda yaxshi ko‘rardi. Gollandiyalik yulduz faoliyatining katta qismida endilikda uning nomi bilan yonma-yon eslanadigan «Puma King» butsalarida to‘p tepdi. Vaholanki, mazkur model 1970-yildagi Jahon chempionati finalida kimsan Pele tomonidan ayyorona tarza reklama qilingan edi. O‘shanda «futbol qiroli» butsasining ipini bog‘lab olish uchun hakamdan bir necha soniya so‘raydi. Tasvirga olish rejissyorlari esa voqeani, shu bilan birga, «Puma» logotipini yirik planda dunyoga namoyish etadi...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring