Uchinchi oltin! Mohigul Hamdamova chempion bo‘ldi
Mohigul Hamdamova Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining chempioni bo‘ldi. U para yengil atletikaning disk uloqtirish bo‘yicha F57 klassida o‘tkazilgan bahslarda oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Hamyurtimiz 31.46 metr natija bilan 1-o‘rinni egalladi va terma jamoamizga uchinchi oltin medalni taqdim etdi.
Bu natija orqali O‘zbekiston sport delegatsiyasi medallar jamg‘arish bo‘yicha 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter