«Tottenhem» Harri Keynning narxini belgiladi
Londonning «Tottenhem Hotspur» jamoasi o‘z hujumchisi Harri Keynning narxini belgiladi. Bu haqda «Daily Mail» yozmoqda.
«Tottenhem» 27 yoshli futbolchisini sotishga tayyor, ammo buning uchun kamida 170 mln. yevro to‘lashga to‘g‘ri keladi. Bundan kam taklif bilan chiqilgan murojaat hatto ko‘rib ham o‘tirmaydi.
Futbolchiga «egizak-raqiblar» — «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» qiziqish bildiryapti.
Ma’lumot uchun: Harri Keyn butun futbolchilik faoliyati davomida «Tottenhem» ixtiyorida bo‘lgan. 2011—2013-yillarda «Lester», «Norvich» va «Milluoll»ga ijaraga berib yuborilgan.
Angliya premer-ligasi (APL)ning ikki karra eng yaxshi to‘pururi bo‘lgan — 2015/16 va 2016/17 mavsumlarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter