Toshkent hokimiga yangi maslahatchi tayinlandi
Izzatbek Jo‘rayev Toshkent shahar hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasida «Toshkent shahar hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlash» masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Ushbu lavozimga ayni paytda Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Jo‘rayev Izzatbek Anvarovich nomzodi taklif etilgan va deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter