To‘rt nafar o‘zbek bokschisi WBA reytingida 1-o‘ringa ko‘tarildi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) dekabr oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni e’lon qildi.
Ushbu reytingdan 7 nafar bokschimiz o‘rin olgan.
Hozirda ularning 4 nafari o‘z vaznlarida peshqadamlik qilmoqda:
Hasanboy Do‘smatov - (minimal vazn) 2-o‘rin;
Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) 1-o‘rin;
Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) - 1-o‘rin;
Botir Ahmedov (super yengil vazn) - 8-o‘rin (o‘tgan oyda 7-o‘rinda edi);
Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn) - 1-o‘rin;
Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) - 1-o‘rin;
Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) - 6-o‘rin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter