Tokio va Parij Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi faoliyatiga yakun yasadi

Zamonaviy beshkurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Alise Faxrutdinova professional sportdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Faxrutdinova Tokio-2020 va Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Zamonaviy beshkurash bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan ilk o‘zbekistonlik atlet hisoblanadi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter