Tokio Olimpiadasi 2021-yilda ham o‘tmay qolishi mumkin
Toki koronavirus pandemiyasi jilovlanmas ekan, Tokiodagi 2021-yilga qoldirilgan Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilmasligi mumkin — tashkiliy qo‘mita raisi Yosiro Mori shuni ma’lum qildi.
«Pandemiya tugamas ekan, Olimpiada o‘tkazilmaydi. Ilgari urushlar tufayli u bekor bo‘lgandi, endi esa ko‘rinmas dushman bilan kurashyapmiz», — dedi Mori.
Yosiro Morining fikricha, O‘yinlar pandemiya ustidan g‘alabani sharaflashi kerak, ana o‘shanda qadri bo‘ladi.
Tokio-2020 Yozgi olimpiadasi koronavirus pandemiyasi sababli 2020-yilning 24-mart kuni bir yil keyinga ko‘chirilgandi. Bu tashabbus Yaponiya hukumatidan chiqqan.
26-mart kuni paydo bo‘lgan xabarga ko‘ra, «kechikkan olimpiada»dan Yaponiya 2,7 mlrd. dollar zarar ko‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter