Tojikiston sportchilari Pekin olimpiadasiga bormaydi
Shu yilning 4-fevralidan 20-fevraligacha Pekin (Xitoy) mezbonlik qiladigan XXIV Qishki olimpiada Tojikistonsiz o‘tadigan bo‘ldi, deya xabar berdi «RIA Novosti».
Tojikistonlik bironta sportchi Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.
Masalaning nozik jihati: Emomali Rahmon Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimiga taklif etilgandi, boradimi-yo‘qmi?..
Yozgi olimpiada (Tokio-2020)ga Tojikiston rasmiy delegatsiyasi 10 nafar sportchi bilan borgandi.
Ma’lumot uchun: Pekin Qishki olimpiadasida 95 mamlakatning to‘rt ming nafardan ziyod sportchisi 109 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi. Avval yozganimizdek, Pekin ham Yozgi, ham Qishki olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan tarixdagi birinchi shaharga aylanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter