O‘zbekiston milliy terma jamoasi Marokashga yetib bordi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi kecha Turkiyaning Istanbul shahriga yetib borgan va u yerda mashg‘ulot ham o‘tkazgandi.
Bugun milliy terma jamoa a’zolari Istanbul – Kasablanka yo‘nalishi bo‘ylab Marokashga yetib bordi. Uzoq muddatli parvozni amalga oshirgan futbolchilar Kasablanka shahridagi «Farah Casablanca» mehmonxonasiga joylashishdi.
Ertadan terma jamoamiz a’zolari Marokashdagi ilk mashg‘ulotlarga kirishishadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston MTJ 23-mart kuni Senegalga qarshi, 27-mart kuni esa Marokashga qarshi bahs olib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter