Tartib-intizom qo‘mitasi olti futbolchiga qariyb 15 million jarima soldi
O‘zPFL rasmiy saytida Tartib-intizom qo‘mitasining qarori e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zPFL superliganing bir, proliganing besh futbolchisini jazolagan.
Jarima to‘laganlar orasida futzalchilar ham bor.
O‘zPFL
«Qo‘qon-1912» – «Qizilqum» uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan «Qizilqum» klubi futbolchisi E. Boydullayev 1ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 3 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
PROliga
«Mash’al» – «Sho‘rtan» uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan «Mash’al» klubi futbolchisi V. Shodiyev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga yarim million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
«Sherdor» – «Lokomotiv-BFK» uchrashuvida o‘yin qoidasini qo‘pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan «Lokomotiv-BFK» jamoasi futbolchisi S. Ismoilov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga yarim million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
«Iftixor» – «Labsa» uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan «Labsa» klubi futbolchisi J. Shodmonov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga yarim million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
«Iftixor» – «Labsa» uchrashuvi vaqtida bosh hakam yordamchisi sha’niga nomaqul so‘zlar ishlatgani uchun chetlatilgan «Labsa» jamoasi bosh direktori Sh. Jo‘rayev 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 5 million so‘m miqdorida jarima belgilandi. Agar ushbu holat yana takrorlanadigan bo‘lsa, Sh. Jo‘rayevga nisbatan yanada qattiqroq jazo choralari ko‘rilishi belgilab qo‘yildi.
«Iftixor» – «Labsa» uchrashuvi vaqtida hakamlar sha’niga nomaqul so‘zlar ishlatgani uchun chetlatilgan «Labsa» klubi yoshlar jamoasi murabbiyi S. Toshev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 5 million so‘m miqdorida jarima belgilandi. Agar ushbu holat yana takrorlanadigan bo‘lsa, S. Toshevga nisbatan yanada qattiqroq jazo choralari ko‘rilishi belgilab qo‘yildi.
Futzal
«Qo‘qon-1912» – «Navbahor» uchrashuvi yakunlangach raqib jamoa darvozabonini nomaqul so‘zlar bilan haqorat qilgan «Navbahor» jamoasi a’zosi I. Jo‘rayev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 1 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
«Qo‘qon-1912» – «Navbahor» uchrashuvida raqib jamoa o‘yinchisi I. Jo‘rayevning yuziga tarsaki tushirgan «Qo‘qon-1912» jamoasi a’zosi A. Ziyayev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 1 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Ayollar futboli
«Paxtakor» – «Buxoro» uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan «Paxtakor» klubi futbolchisi M. Vohidova 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter