Svetlana Radzivil to‘rtinchi Olimpiadasiga yo‘llanma oldi
Poytaxtimizda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi. Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashrif buyurgan atletlar ham bahs olib borgan turnirning bugun o‘tkazilgan bir qator bahslari terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash sektorida ishtirok etgan hamyurtimiz Svetlana Radzivil 1.96 metr balandlikni zabt etib, oltin medal qatori Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi. Ushbu yo‘nalishda Tokio Olimpiadasining normaviti aynan 1.96 metrni tashkil etardi. Ushbu yo‘nalishda Nadiya Dusanova 1.85 metr bilan shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.
Musobaqaning e’tiborli natijalaridan birini Yekaterina Voronina yetti kurash bahslarida qayd etdi. 10 kun muqaddam Qatardagi jahon chempionatida 6099 ochko to‘plagan Voronina bu gal 6238 ochko jamg‘arib, musobaqaning oltin medaliga ega chiqdi.
Shu tariqa Svetlana Radzivil faoliyatida to‘rtinchi bor Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritmoqda. Radzivil bungacha Pekin (2008), London (2012) va Rio (2016) Olimpiadalarida ham ishtirok etgan edi. Eslatib o‘tamiz, bu terma jamoamizning Tokio Olimpiadasiga qo‘lga kiritgan o‘n birinchi yo‘llanmasidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter