Svetlana Osipova yarim finalga chiqdi

Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Svetlana Osipova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining yarim finaliga yo‘llanma oldi.
Hamyurtimiz chorak finalda jahon chempionatlarining ikki karra sovrindori — britaniyalik Rebekka Makginni mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.
Endi yurtdoshimiz final yo‘llanmasi uchun janubiy koreyalik Li Dabin bilan jang qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter