Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryo viloyati hokimi karate bo‘yicha vitse-jahon chempioniga uy sovg‘a qildi

Surxondaryo viloyati hokimi karate bo‘yicha vitse-jahon chempioniga uy sovg‘a qildi

Foto: «Olamsport»

Karate bo‘yicha jahon vitse-chempioni Sadriddin Saymatov Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan taqdirlandi.Bu haqda «Olamsport» nashri xabar bermoqda.

«60 kg vazn toifasida jahon chempionatida finalgacha yetib borgan, bir qancha nufuzli turnirlar chempioni hisoblangan sportchimiz Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan ikki xonali uy bilan taqdirlandi», —  deyiladi xabarda.

Foto: «Olamsport»

«Olamsport»ning eslatishicha, sportchimiz noyabr oyida dunyo reytingida birinchi o‘ringa chiqib olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring