Superliga va La liga o‘rtasida 2020-yilgacha hamkorlik memorandumi imzolandi
O‘zPFL direktori Omon G‘ofurov kecha Ispaniya La ligasi qarorgohida bo‘lib, tashkilot vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida Ispaniya chempionati musobaqalarini o‘tkazish, translyasiya masalalari, marketing yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Mana shu masalalarga bag‘ishlangan 8 soatlik taqdimot marosimi PFL bosh direktori Omon G‘ofurovga namoyish qilindi.
Shundan so‘ng Omon G‘ofurov La liga bosh direktori Xaver Gomes bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi. La liga bosh direktori o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shishga, mutaxassislarni O‘zbekistonga yuborib, turli seminarlar tashkil qilish va tajribalari bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
Uchrashuv oxirida 2020-yilga qadar mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumga ko‘ra, La liga mutaxassislari marketing, futbolga oid turli dasturlar, klublar bilan ishlash, transyalsiyalar va boshqa ko‘plab masalalar bo‘yicha yurtimizdagi mutaxassislarga yordam beradigan bo‘lishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter