Superliga «Lokomotiv»ning g‘alabasi va Farg‘onadagi nursiz durang bilan boshlandi
Bahorning ilk kunidan O‘zbekiston milliy chempionati — yangi format va nomdagi superligaga start berildi.
Navoiyning «Qizilqum» klubi chempion «Lokomotiv»ni qabul qildi va yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi.
Tarixiy — superliganing ilk goli Marat Bikmayev hisobiga yozildi. Ikkinchi golni 57-daqiqada Ikrom Aliboyev urgan bo‘lsa, eng so‘nggi daqiqalarda Sardor Mirzayev jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.
Farg‘onadagi «Neftchi» va «Nasaf» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda esa hisob ochilmagan.
Bugun «Paxtakor» va «So‘g‘diyona» Toshkentda bellashadi. «Metallurg» – «Navbahor» o‘yini esa yakshanbaga qoldirilgan.
Shanba kuni «Bunyodkor» o‘z maydonida AGMKni qabul qilsa, «Qo‘qon-1912» «Buxoro» mehmoni bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter