«Stadioninggayam, liganggayam, shaharinggayam...». Ibragimovich Amerika futboli bilan bezbetlarcha xayrlashdi (video)
Zlatan Ibragimovich, ehtimol, Amerikadagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi. Uning «Los-Anjeles Gelaksi» klubi derbi o‘yinida 3:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Ibraning goli ham jamoasiga yordam bermadi.
DÉJÀ VU ZLATAN@Ibra_official against LAFC. Never gets old. pic.twitter.com/2LEnASB4eX
— LA Galaxy (@LAGalaxy) 25 oktyabrya 2019 g.
Bu o‘yin juda muhim edi, ammo «Gelaksi» yutqazib qo‘yib, MLS kubogidan uchib ketdi. O‘yindan so‘ng Ibragimovich hakamlikdan, muxlislar esa uning o‘yinidan norozi bo‘lishdi. Ibragimovich esa «haqini yedirib qo‘yadiganlardan» emas. Nima qilgani quyidagi videoda:
Zlatan has a last goodbye for a heckling LAFC fan, the Marshawn Lynch memorial crotch grab pic.twitter.com/2Z1Y2aSbsw
— CJ Fogler (@cjzero) 25 oktyabrya 2019 g.
«Ular nimalardir deyishdi, ammo bu men uchun ahamiyatsiz. Bu stadion menga torlik qilyapti. 80 minglik stadionlarga o‘rganganman. Men «Los-Anjeles»ni mashhur qildim. Ular xursand bo‘lishlari kerak edi. Men ketsam nima bo‘lishini tasavvur qilyapsizmi», — dedi Ibragimovich.
Bu mavsum 31 o‘yinda 31 gol urgan Ibragimovich baribir sovrinsiz qoldi. Oxirgi paytlarda uning Yevropaga qaytishi haqida ko‘p gapirilyapti, aftidan, o‘zi ham AQShda qolmoqchi emas.
Ibragimovich: «Agar men qolsam — MLS uchun yaxshi, chunki butun dunyo bu ligani tomosha qiladi. Agar ketsam, MLS nimaligini birov eslamaydi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter