Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sport vaziriga yana bir lavozim yuklandi

Sport vaziriga yana bir lavozim yuklandi

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining anjumanlar zalida O‘zbekiston voleybol federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik mutasaddilari hamda federatsiyaning ijroqo‘m a’zolari ishtirok etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Konferensiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan. Shu kungacha federatsiya prezidenti lavozimi vakant bo‘lib turganligi sababli O‘zbekiston voleybol federatsiyasi bosh kotibi Doniyor Burnashev ushbu lavozimga Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev nomzodini ilgari surdi. Ovoz berish jarayonida nomzod bir ovozdan ma’qullandi hamda D.Nabiyev O‘zbekiston voleybol federatsiyasining prezidenti etib saylandi.
 
Yig‘ilishda so‘z olgan Dilmurod Nabiyev voleybol mamlakatda keng ommalashgan va eng sevimli sport turlaridan biri sanalsa-da, biroq uning rivojlanish darajasi boshqa o‘yin turlari bilan solishtirganda sezilarli darajada ortda qolayotganini tanqid qildi va endilikda barcha bir yoqadan bosh chiqargan holda ushbu Olimpiya sport turini yangi bosqichga olib chiqish uchun astoydil harakat qilishini bildirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring