Sport sharhlovchisi «xavfli vaziyat»ga tushib qoldi (video)
Taniqli sport sharhlovchisi Per Makguayr faoliyatida «xavfli vaziyat» yuz berdi.
O‘tgan dushanba, 18-fevral kuni Ogayo (AQSh)dagi muz saroyida «Kolambus Blyu Jekets» va «Tampa-Bey Laytning» to‘qnashdi. 57 yoshli sharhlovchi odatdagidek ushbu o‘yinni ham tribunada o‘tirib sharhlab bordi. Kameralarga esa u boshini burgan paytda bir necha santimetr naridan o‘tib ketgan shayba tushib qoldi.
Mutaxassislar Makguayrning juda ham omadi keldi deyishmoqda, yaxshiyamki u shaybani payqamay qoldi, agarda o‘zini shaybadan qo‘llari bilan himoya qilishga yoki uni urib yuborishga uringanida shikastlanishi mumkin edi.
My friends...we almost lost Pierre McGuire.
— Scott Abraham (@ScottABC7) 19 fevralya 2019 g.
pic.twitter.com/tVIXSFdo9Q
Sharhlovchi qo‘rqib ketgani aniq, biroq u o‘yin sharhini oxirigacha yetkazib qo‘ydi va hozir ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mavzuda bajonidil hazil qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter