Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek-qozoq boksi qarama-qarshiligi: yarim finaldagi raqiblar ma’lum bo‘ldi

O‘zbek-qozoq boksi qarama-qarshiligi: yarim finaldagi raqiblar ma’lum bo‘ldi

Bolgariya poytaxtida o‘tayotgan boks bo‘yicha «Stranja» xalqaro musobaqasi o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Unda ishtirok etayotgan vakillarimizning yetti nafari yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

E’tiborlisi, to‘rt nafar bokschimizning raqiblari qozog‘istonlik bokschilar bo‘ladi.

Ortda qolgan saralash bahslarida Sohiba Ro‘zmetova, Jahongir Rahmonov hamda Saidjamshid Jafarov imkoniyatni boy berib qo‘yishdi. Qayd etish joiz, Jafarovning raqibi ancha jiddiy bo‘lib, u Tokio-2020 Olimpiadasi finalchisi ukrainalik Oleksandr Xijnyakka qarshi bahs olib borgan edi.

  • -52 kg: Tursunoy Rahimova – Svetlana Soluyanova (Rossiya) 5:0
  • -81 kg: Sohiba Ro‘zmetova – Anastasiya Bayazitova (Qozog‘iston) 0:5
  • -57 kg: Abdumalik Xalakov – Orazbek Assikulov (Qozog‘iston) 5:0
  • -63.5 kg: Mujibillo Tursunov – Krasmir Jurov (Bolgariya) 5:0
  • -67 kg: Jahongir Rahmonov – Dulat Bekbauov (Qozog‘iston) 0:5
  • -75 kg: Saidjamshid Jafarov – Oleksandr Xijnyak (Ukraina) 0:5
  • -80 kg: Odiljon Aslonov – Jorj Krotti (Angliya) 4:1

Bugungi yarim finallarda hamyurtlarimiz quyidagi raqiblariga qarshi jang o‘tkazishadi:

  • -52 kg: Tursunoy Rahimova - Tetiana Kob (Ukraina) (18:10dan so‘ng) (kunduzi, A ring)
  • -51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Timur Kabdeshov (Qozog‘iston) (21:40dan so‘ng) (kechki, A ring)
  • -57 kg: Abdumalik Xalakov - Vsevolod Shumkov (Rossiya) (22:40dan so‘ng) (kechki, A ring)
  • -80 kg: Odiljon Aslonov - Kromvil Kommi (Italiya) (22:40dan so‘ng) (kechki, B ring)
  • -92 kg: Madiyar Saidrahimov - Abzal Kuttibekov (Qozog‘iston) (23:40dan so‘ng) (kechki, B ring)
  • -63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Abzal Serik (Qozog‘iston) (23:40dan so‘ng) (kechki, A ring)
  • +92 kg: Lazizbek Mullajonov - Nurlan Saparbay (Qozog‘iston) (23:55dan so‘ng) (kechki, A ring)
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring