Sobiq jahon chempioni o‘g‘irlik bilan qo‘lga tushdi
Ikki vazn toifasining sobiq jahon chempioni Orlando Salido 16 shisha pivo o‘g‘irlagani uchun hibsga olindi, deya xabar beradi «Sports.uz» nashri.
Voqea bokschi yashaydigan Syudad-Obregon shahrida erta tong, soat chamasi 7:00larda yuz bergan. Ma’lum bo‘lishicha, do‘kondon sportchiga pivo sotishni rad etgan, chunki qonun bo‘yicha bunday ichimliklar soat 8 dan keyin sotilishi lozim.
Shundan so‘ng meksikalik bokschi pivoni olib, do‘kondan chiqib ketgan.
Voqea joyida tezda politsiya chaqirilgan va bokschi ushlangan. Salido 800 peso jarima evaziga ozod qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter