Shumaxerning ko‘z yoshlari
«Formula-1»ning yetti karra chempioni Mixael Shumaxer tog‘ va ko‘llarga qarab ba’zida ko‘z yosh to‘kadi. Mashhur sportchi hozir Shveysariyadagi villasida og‘ir jarohatdan tiklanish jarayonini o‘tkazyapti, deb yozmoqda «Riafan.ru»
Poygachi 2013-yil qishida Fransiya tog‘larida chang‘ida uchayotib yiqilgan edi. Baxtsiz hodisa oqibatida uning bosh miyasiga jiddiy shikast yetgandi. U 2014-yil kuzida Shveysariyadagi villasiga qaytdi va davolanishni shu yerda davom ettirmoqda. Uning haqiqiy ahvoli qandayligi haqida ma’lumotlar juda kam.
«Nogironlar aravachasida tog‘ va ko‘l ko‘rinib turgan joyga olib chiqilganida ba’zida Mixaelning ko‘zlariga yosh keladi», — sportchining qarindoshlaridan birining so‘zlarini «Paris Match» nashri iqtibos keltirgan.
Yaqinlari u hamon hissiyotlarni tuyishiga umid qilishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter