Shota Arveladze «Paxtakor»dan ketdi
«Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladze o‘zining «instagram»dagi sahifasida klubni tark etganini e’lon qildi.
«Bugun «Paxtakor» bosh murabbiyligidan ketdim. Endi klub bosh murabbiyi emasman, ammo doim jamoaning asosiy muxlisi bo‘lib qolaman. Men uchun ajoyib tajriba bo‘ldi va bu yerda fantastik davrni o‘tkazdim. Biz buyuk jamoa bo‘ldik va buni hech qachon unutmayman», – dedi gruziyalik mutaxassis.
Arveladze «Paxtakor»dagi uch yillik faoliyati davomida ikki martadan O‘zbekiston chempionati va Kubogida, bir bor Liga Kubogida g‘olib bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter