Shomurodovning sobiq jamoadoshi noodatiy gol urdi
Eldor Shomurodovning sobiq jamoadoshi, "Jenoa" hujumchisi Matia Destro kechagi turda noodatiy gol urdi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Gap shundaki, Destro "Verona"ga qarshi o‘yinning 85-daqiqasida qo‘lida yelim idish (baklajka) ushlagan holda gol urgan va jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan. Lekin so‘nggi daqiqalarda baribir gol o‘tkazib yuborishgan — 3:3.
"Juda charchaganim uchun suv ichib turgandim. Shu payt to‘p menga tushib qoldi. Suvidishni qayerga tashlashni bilmay, shunchaki qo‘limda olib yurdim", deya izoh berdi Destro o‘yindan keyin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter