Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodov Mourino bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi

Shomurodov Mourino bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi

Eldor Shomurodov «Roma» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino bilan munosabatlari haqidagi salbiy gap-so‘zlarga aniqlik kiritdi.

«Sport-ekspress» nashri muxbirining Mourino unga taqiq qo‘ygani haqidagi savoliga Eldor quyidagicha javob bergan:

«Umuman unday emas. Avval qanday bo‘lsa, shunday ishlayapmiz», deya izohlagan hujumchi.

Shuningdek, Shomurodov kelasi mavsumda jamoadan ketishi haqidagi gap-so‘zlarni ham inkor etgan.

«Terma jamoa o‘yini paytida o‘zbekcha aytgan gaplarimni italyanchaga noto‘g‘ri tarjima qilishibdi. «Roma»dan ketish haqida hech qachon gapirmaganman. U yerda qolib, nimaga qodirligimni isbotlamoqchiman. Shunchaki hech bir futbolchi maydonga kam tushayotgani uchun rozi bo‘lishi mumkinmas. Men xavotirdaman, lekin bu odatiy xavotir. Hamma futbolchida bunaqa davrlar bo‘ladi. Eng muhimi, sabr va mehnat. Shunaqa qiyin bo‘lishini bilganman», degan Shomurodov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring