Shomurodov «Jenoa»da ilk golini urdi (video)
Eldor Shomurodov «Jenoa» safida o‘zining ilk golini urdi. Bu «kuchli beshlik»ka kiruvchi chempionatlarda o‘zbekistonlik futbolchilar tomonidan kiritilgan ilk gol hamdir.
Ushbu voqea Italiya chempionatining 9-turida «Jenoa» o‘z maydonida «Parma»ni qabul qilgan o‘yinda yuz berdi.
Ammo Eldorning goli jamoasini mag‘lubiyatdan asrab qola olmadi: Jervinoning dubli parmaliklarga g‘alaba keltirdi.
A Seriya, 9-tur, 30 noyabr
«Jenoa» — «Parma» 1:2
Gollar: Shomurodov (50) — Jervino (10, 47).
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov Italiya kubogida «Sampdoriya»ga qarshi derbida bitta golga assistentlik qilgan va «Jenoa» 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘llanma olgandi. Keyingi raqib — «Yuventus».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter