La Gazzetta dello Sport: «Eldorning gollari «Roma»ni YeChLga olib chiqadi
«Bunyodkor» futbol jamoasi o‘yinchisi Farrux Ikromov tizzasidan jarohat olib, Italiyada jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi. Ikromov Italiya chempionatida o‘ynayotgan eng yaqin do‘sti Eldor Shomurodov haqida mashhur italyan gazetasi «La Gazzetta dello Sport»ga intervyu berdi.
«17 yoshimda vatanimizdagi eng muhim jamoalardan biri «Bunyodkor»ga keldim. O‘shanda asosiy tarkibga kirishimda Eldor ko‘p yordam bergan. Uni ko‘rgani tez-tez borardim, bu unga malol kelmagan. Aksincha hamisha yordamini ayamagan», deydi Ikromov Eldor bilan do‘stligi haqida gapirarkan.
Uning ta’riflashicha, Shomurodov futbolchi sifatida o‘ziga juda talabchan, hech qachon taslim bo‘lmaydi.
«U har doim qayerda gol urishni juda yaxshi biladi. Mana ko‘rasizlar, uning gollari «Roma»ni Chempionlar ligasiga qaytarishda hal qiluvchi bo‘lib xizmat qiladi», deydi Farrux.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter