Shohjahon Ergashevning chempionlik bahsi oqshomida super janglar bo‘ladi
![Shohjahon Ergashevning chempionlik bahsi oqshomida super janglar bo‘ladi](https://static.xabaruz.com/crop/6/9/720_460_95_696822207.jpg)
Toshkent vaqti bilan 26 noyabr tongida AQShning Las-Vegas shtatida joylashgan «Michelob Ultra Arena»da katta professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.
Unda birinchi yarim o‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev (23-0-0) IBF yo‘nalishi chempioni, puerto-rikolik Sabriyel Matias (19-1-0) bilan jang qiladi.
Ushbu boks oqshomining markaziy jangi ikkinchi o‘rta vazn toifasida WBC Interim kamari sohibi, amerikalik David Benavides (27-0-0) hamda Demetrius Andrade (32-0-0) o‘rtasida o‘tkaziladi.
Ushbu boks oqshomida:
Markaziy jang. Ikkinchi o‘rta vaznda (76,2 kg) WBC Interim kamari uchun: David Benavides (27-0-0) - Demetrius Andrade (32-0-0)
Co main event. O‘rta vaznda (72,57 kg): Jermell Charlo (32-0-0) - Xose Benavides (28-2-1)
Birinchi yarim o‘rta vaznda (63,5 kg) IBF jahon chempionligi kamari uchun: Sabriyel Matias (19-1-0) ShOHJAHON ERGAShEV (23-0-0)
Ikkinchi yarim yengil vaznda (58,9 kg) WBA Regular kamari uchun: Ektor Luis Garsiya (16-1-0) - Lamont Roach (23-1-1)
Yarim o‘rta vaznda (66,6 kg): Vito Miyelnitski (15-1-0) - Daniyel Buchiuch (11-1-0).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter