Shavkat Mirziyoyev sportchimiz va xalqimizni g‘alaba bilan tabrikladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarni obod qilish va «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Videoselektor yig‘ilishi davomida Prezidentga Toshkentda o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionati finalida hamyurtimiz Muzaffarbek To‘raboyev o‘z raqibini mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘lgani haqida xabar berildi. Davlatimiz rahbari ushbu yangilikni katta mamnuniyat bilan qarshi olib, sportchimiz va butun xalqimizni g‘alaba bilan tabrikladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter