Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev bir guruh sportchilarni mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev bir guruh sportchilarni mukofotladi

O‘zbekiston prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra quyidagilar mukofotlandi:

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan

Maxsitov Baxodir - O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan

G‘afurov Davron Dilmuradovich - O‘zbekiston boks federatsiyasi murabbiysi

Xudayberganov Jamshid Ismailovich - Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining dzyudo bo‘yicha murabbiysi, Xorazm viloyati

Yarashov Yergali Abubakirovich - Qibray tumani sport maktabining boks bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan

Abdullayev Ruslan Anvar o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Do‘smatov Xasanboy Marfjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Mo‘ydinxo‘jayev Asadxo‘ja Zohidxo‘ja o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Turoboyev Muzaffarbek Toshtemir o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Xaloqov Abdumalik Anvar o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«Do‘stlik» ordeni bilan

An Dmitriy Mixaylovich - Toshkent shahridagi «Paxtakor» futbol akademiyasining yoshlar jamoasi murabbiysi

Baraban Igor Petrovich - O‘zbekiston sport tashkilotlari faxriylari kengashi raisining maslahatchisi

Muminova Gyozal Baxodirovna - Gimnastika bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi direktorining o‘rinbosari

Savinova Irina Aleksandrovna - Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish bo‘yicha murabbiysi

I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Bobonov Davlat Husniddin o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Kondakova Muxabbat Bakiyevna - Namangan viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining o‘q otish bo‘yicha murabbiysi

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Azizov Ulug‘bek Azim o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Kiyamova Nellya Esxatovna - Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi

Qobulov Nurali O‘ktamovich - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Tadjiyev Baxadir Muxitdinovich - O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tasarrufidagi Jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish ishlari boshqarmasi boshlig‘i

Toygonbayev Ziyatdinbek Kurmanbekovich - Andijon viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks bo‘yicha murabbiysi

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Abduvaliyev Andrey Xakimovich - O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi raisining o‘rinbosari

Kazakova Anna Valerevna - O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining yengil atletika bo‘yicha murabbiysi

Kun Yelena - O‘zbekiston triatlon federatsiyasi bosh kotibi

Yusupov Nurmuxammad Tursunovich - Qorako‘l tumanidagi kurash to‘garagi rahbari, Buxoro viloyati

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Abdullayev A’loxon Ayubxon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Baratov Dilshodbek Baxtiyor o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Boymurodov Otabek Odiljonovich - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi

Jabborova Tursunoy Valijon qizi - Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Jafarov Saidjamshid Rustam o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Jo‘rayev Oybek Odilbek o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Yo‘ldoshev Murodjon Quvondik o‘g‘li - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Mullojonov Lazizbek Hasanjon o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Raxmonaliyev Umarali Maxamadali o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi

Fayzullayev Abbosbek Sayidjon o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Xusanov Abduqodir Xikmatjon o‘g‘li - Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Yusupov Alisher Xalimboyevich - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

«Shuhrat» medali bilan

Avezov Xamza Istamovich - Buxoro olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining boks bo‘yicha murabbiysi, Buxoro viloyati

Raximjanov Ilyas Burixanovich - Toshkent viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks bo‘yicha katta murabbiysi

Sobirov Maxkambek Umarjonovich - To‘raqo‘rg‘on tumani sport maktabining futbol bo‘yicha murabbiysi, Namangan viloyati

Sobirov Paxlavonjon Anvarjonovich - Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining taekvondo bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati

To‘ychiyev Alisher Kurbanovich - Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining boks bo‘yicha murabbiysi

Turaboyev Bekzod Saitkulovich - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

Umarov Elbek Aloxiddinovich - Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining dzyudo bo‘yicha murabbiysi

Xasanov Akmal Yo‘ldoshevich - Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining boks bo‘yicha murabbiysi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring