Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sharifa Davronova Osiyo chempioni bo‘ldi

Sharifa Davronova Osiyo chempioni bo‘ldi

Quvaytda 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning birinchi kun bahslaridayoq O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Dastlabki medalni uch hatlab sakrash bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempioni Sharifa Davronova keltirdi.

Ahamiyatlisi, u chempionlikni bu gal uzunlikka sakrash sektorida tantana qildi. Hamyurtimiz mazkur dasturni shaxsiy rekordini yangilab, 6,06 metr natija bilan yakunladi. Ushbu yo‘nalishda ishtirok etgan boshqa bir atletimiz Xushnoza Shavkatova 5,78 metr bilan to‘rtinchi o‘rindan joy oldi.

  1. Sharifa Davronova (O‘zbekiston) – 6,06 metr
  2. Moham Mubsina (Hindiston) – 5,91
  3. Jia Yin (Gonkong) – 5,81
  4. Xushnoza Shavkatova (O‘zbekiston) – 5,78
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring