Sharif Xalilovdan bronza: Paralimpiyachilarimiz jami medali 12taga yetdi
Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlarining bugungi kun dasturida delegatsiyamiz navbatdagi medaliga sazovor bo‘ldi. Para-dzyudochimiz Sharif Xalilov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
-100 kg vazn toifasida kurashgan polvonimiz bronza medali uchun kechgan kurashda braziliyalik Antonio da Silvadan ustun kelib, ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlarining medaliga sazovor bo‘lmoqda. Hamyurtimiz bundan avval London-2012 Paralimpiadasida kumush medalga ega chiqqan edi.
Shu tariqa, delegatsiyamiz medallari soni 12 taga yetmoqda. Jamoamiz hisobida barcha probadagi medallar 4 tadan bo‘lib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter