Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich basketbol murabbiyligi kursida o‘qiyapti
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich basketbol murabbiyi bo‘lmoqchi. Bu uning bolalikdagi orzusi.
Vuchich Oliy sport maktabi kursida o‘qiyotgani haqida «RIA Novosti» yozmoqda. Prezident o‘qishni bolalar va o‘smirlar murabbiyligi yo‘nalishida bitiradi.
«Bolalikdagi orzuim ro‘yobga chiqayotganidan baxtliman», — deb yozdi Vuchichning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Aleksandr Vuchich «Srvena Zvezda»ning ashaddiy muxlisi. Yoshligida o‘zi ham basketbolni yomon o‘ynamagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter