Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni ishdan haydaladigan murabbiyga 30 million yevro to‘laydi

Saudiya Arabistoni ishdan haydaladigan murabbiyga 30 million yevro to‘laydi

Italiyalik murabbiy Roberto Manchini Saudiya Arabistoni terma jamoasidan chetlatilsa 25-30 million yevro oladi, deb xabar bermoqda Calcio e Finanza.

Mutaxassis bilan kelishuv 2026-yilning yoziga qadar tuzilgan, biroq saudiyaliklar hoziroq u bilan xayrlashmoqchi. Tomonlar hamkorlikni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Manchini bir mavsum Rossiyaning «Zenit» klubini boshqargan. U bilan birga klub 2017-2018-yilgi mavsum yakunida Rossiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi.

2023-yilda Manchini Italiya termasi bilan 2024-yilgacha amal qiladigan shartnomasini bekor qildi. Uning boshchiligida Italiya terma jamoasi Yevro-2020da g‘alaba qozondi va mag‘lubiyatsiz ketma-ket 37 o‘yin o‘tkazib, jahon rekordini o‘rnatdi.

Saudiya Arabistoni terma jamoasi hozirda JCh-2026 saralash guruhida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa Yaponiya va Avstraliyadan ortda qolmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring