«Bavariya»ning eng qimmat futbolchisi jazoga tortilishi mumkin
Myunxenning «Bavariya» klubi va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Yozua Kimmix koronavirusga chalindi. 26 yoshli yarim himoyachi izolyasiyaga olindi. U 384 ming yevro yo‘qotadi.
Bu haqda Germaniyaning Bild nashri xabar bergan.
Gap shundaki, Kimmix COVID-19 ga qarshi emlanishdan bosh tortgan. Yozuaning qarori emlashning uzoq muddatli oqibatlari haqida ko‘proq bilish istagiga asoslangan edi. Biroq Germaniya qonunchiligiga ko‘ra, «Bavariya» futbolchiga karantin vaqtida maoshini to‘lamaslik huquqiga ega, chunki u o‘z ixtiyori bilan vaksina olmagan.
Kimmix kamida yetti kun kasallik ta’tilida bo‘ladi. Bu vaqt ichida u 384 ming yevro ishlab topgan bo‘lardi.
Kimmix 2017/18-yilgi mavsumda Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Yozua «Bavariya» safida joriy mavsum Bundesliganing 11 o‘yinida 3 ta gol urdi.
Nufuzli Transfermarkt portali Kimmixni 90 million yevroga baholamoqda – u «Bavariya»ning eng qimmat futbolchisi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter