Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samvel Babayan «Spartak» bosh murabbiyligidan ketdi, ammo klubda qoldi

Samvel Babayan «Spartak» bosh murabbiyligidan ketdi, ammo klubda qoldi

Foto: www.the-uff.com

O‘zbekiston terma jamoasi va «Paxtakor» klubi sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan yaqinda Latviya chempioni «Spartak» klubiga bosh murabbiy etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Oradan ko‘p o‘tmay, aniqrog‘i 21-aprel kuni Babayan yangi jamoasi bosh murabbiyligidan ham ozod etildi.

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, bunga Babayanning mamlakat oliy ligasida ishlashga ruxsat beruvchi UYeFA litsenziyasi yo‘qligi sabab bo‘lgan.

«Samvel Babayanning Osiyo futboli, xususan, O‘zbekiston terma jamoasida to‘plagan yuqori tajribasi inobatga olinib, unga klub texnik direktorligi lavozimi taklif etildi va Babayan ham ushbu taklifga rozi bo‘ldi», — deyiladi klub bayonotida.

Klubga SSKA yoshlar jamoasi va Rossiya (U-17) terma jamoasini boshqargan Aleksandr Grishin ustozlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Babayan shu yilning 15-yanvar kuni O‘FF ijroqo‘mi qarori bilan butun umrga futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring