Samvel Babayan Latviya chempioni bosh murabbiyi etib tayinlandi
O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Samvel Babayan Latviya chempioni «Spartak» (Yurmala) jamoasining bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda «Championat.asia» nashri xabar bermoqda.
Ketma-ket ikkinchi yil Latviya chempioniga aylangan «Spartak» Yurmala jamoasi o‘zbekistonlik mutaxassis Samvel Babayan boshqaradi. Yangi jamoada Samvel Babayanga Viktor Jalilov hamda Grigoriy Kolosovskiy yordamchi murabbiy sifatida ko‘maklashishadi.
Yodingizda bo‘lsa, O‘FA Samvel Babayanni futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan chetlashtirgandi.
Keyinroq esa Umid Ahmadjonov Samvel Babayanning hujjatlari prokuraturaga topshirilganini aytgan edi.
«Spartak» Latviya chempioni sifatida kelasi mavsumda YeChL saralash bosqichidan o‘z ishtirokini boshlaydi. Samvel Babayan YeChL doirasidagi o‘yinda ishtirok etadigan ilk o‘zbekistonlik mutaxassisga aylanishi mumkin.
Latviya chempionatining yangi mavsumi kelasi hafta start oladi. Babayan 1 aprel kuni Latviya chempionatidagi o‘z debyutini «Yelgava» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter