Sampaoli «Sevilya»ga qaytdi
Argentinalik Xorxe Sampaoli «Sevilya»ga bosh murabbiy bo‘lib qaytdi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.
62 yoshli murabbiy ispan jamoasi bilan 2024-yilning 30-iyuniga qadar shartnoma tuzdi.
Sampaoli qator muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng 5-oktyabr kuni iste’foga chiqarilgan Xulen Lopetegi o‘rnida ishlaydi.
Sampaoli 2016-2017-yillarda ham «Sevilya» bosh murabbiyligida faoliyat yuritgan.
Ispaniya chempionatida 7 o‘yindan so‘ng 5 ochko jamg‘argan «Sevilya» 17-o‘rinda bormoqda. Yevropa chempionlar ligasida esa «qizil-oqlar» uch o‘yinda atigi 1 ochko to‘plashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter