Rossiya va Belarus sportchilariga Osiyo o‘yinlarida qatnashishga ruxsat berilmadi
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Rossiya va Belarus sportchilarini 23 sentyabr kuni boshlanadigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishga ruxsat bermadi.
«Osiyo o‘yinlarida rossiyalik va belaruslik sportchilar qatnashmaydi. Bu XOQ qarori», - deyiladi Osiyo Olimpiya kengashi xabarida
Iyul oyi boshida Osiyo o‘yinlarida Rossiya va Belarusdan 500 ga yaqin sportchi ishtirok etishi mumkinligi haqida yozilgan edi.
Osiyo o‘yinlari har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan va Olimpiya o‘yinlaridan keyingi Osiyodagi eng yirik sport musobaqasidir. Xitoyning Xanchjou shahrida 23 sentyabrdan 8 oktabrgacha Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar ham qatnashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter