Rossiya terma jamoasi Xorvatiyani mag‘lub eta oladimi?
Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi muxlislariga bugun chorak final o‘yinida raqibi – Xorvatiya terma jamoasini mag‘lub etish uchun bor imkoniyatini ishga solishga va’da berdi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar qilmoqda.
Rossiya terma jamoasi muxlislariga qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirib, keyingi bosqichga chiqishga va’da berdi.
«Do‘stlar, biz futbol bo‘yicha 2018-yilgi jahon chempionatidagi g‘alabalarimizni davom ettirish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Sizlarga g‘alaba sururini tuhfa etishda davom etamiz. Biz sizning qo‘llab-quvvatlashingizdan ruhlanamiz. Sizlar dunyodagi eng zo‘r muxlislarsiz. Biz sizni juda qadrlaymiz», – deya yozuv qoldirgan Rossiya terma jamoasi o‘zining «Twitter»dagi sahifasida.
Rossiya – Xorvatiya terma jamoalari uchrashuvi bugun Sochi shahridagi «Fisht» stadionida Toshkent vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter