Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu Masharipov bilan mashg‘ulotda (foto)

Ronaldu Masharipov bilan mashg‘ulotda (foto)

Saudiyaning «An-Nasr» klubining yangi a’zosi Krishtianu Ronaldu o‘zbekistonlik Jaloliddin Masharipov bilan birgalikda mashg‘ulotlarda qatnashdi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu klubga kelguniga qadar 7-raqamda aynan Jaloliddin to‘p surar edi.

2020 yilda O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Masharipov 2021 yilning yanvarida 1 million yevro evaziga «An-Nasr»ga o‘tgandi.

«An-Nasr»da Ronalduni diqqat bilan kuzatib boring. U o‘z davrining eng yaxshi futbolchilaridan biri. Krishtianudan o‘rganishim kerak bo‘lgan juda ko‘p narsa bor», — deydi Jaloliddin Masharipov.

Avvalroq Ronaldu Saudiyada tantanali tarzda kutib olingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring