Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu — «Manchester Yunayted»ning eng yomon futbolchisi

Ronaldu — «Manchester Yunayted»ning eng yomon futbolchisi

Foto: Reuters.

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Whoscored talqini bo‘yicha Angliya premer-ligasining 4-turi doirasida «Sautgempton»ga qarshi o‘yinda eng yomon futbolchiga aylandi.

Portugaliyalik futbolchiga portal 6,1 ball berdi. Faqat braziliyalik Fred Ronaldudan pastroq hisob oldi, ammo u ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqadagina maydonga tushdi.

Uchrashuvda Manchester jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ronaldu bilan shartnoma 2023-yilning yozida tugaydi, ammo uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bor. Joriy mavsumda Ronaldu bor-yo‘g‘i bitta o‘yinda to‘liq o‘ynadi va uch marta zaxiradan maydonga tushdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring