Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu futbol tarixidagi eng yuqori maoshni oladi

Ronaldu futbol tarixidagi eng yuqori maoshni oladi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubiga o‘tganidan so‘ng, reklama shartnomalari bilan birga, taxminan 200 million yevro ishlab olishi haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, Ronaldu futbol tarixidagi eng yuqori maoshni oladi. Portugaliyalikning maoshi taxminan 100 million yevroni tashkil qiladi, qolgan summaga esa tijorat huquqlari orqali erishiladi.

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilda eng yuqori maosh oluvchi futbolchi Kilian Mbappe bo‘lgan va u 128 million yevro daromad olgan.

Ikkinchi o‘rinni Lionel Messi egalladi – uning 2022 yildagi maoshi 110 million yevroni tashkil qildi (55 million maosh «PSJ»dan va 55 million reklamadan).

Portugaliyalik hujumchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Saudiya Arabistoni klubiga o‘tishi haqida fikr bildirdi.

«Bu ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘layotgan tarix. Bu nafaqat klubning, balki liganing, millat va kelajak avlodning eng yaxshi bo‘lishi uchun yangi yutuqlarga ilhomlantiradigan nishonadir», deb yozadi Ronaldu.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring