Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rim marafonida yangi rekord o‘rnatildi

Rim marafonida yangi rekord o‘rnatildi

Foto: «Metro News»

Bugun Rimda o‘tkazilgan 27-xalqaro marafonda erkaklar o‘rtasida marra chizig‘ini birinchi bo‘lib efiopiyalik Fikre Bekele Tefera kesib o‘tdi.

Efiop marafon masofasini bosib o‘tishga 2 soat 6 daqiqa va 48 soniya sarflab yangi rekord o‘rnatdi. Bu oldingi rekordchi — keniyalik Benjamin Kiptuning natijasi (2 soat 7 daqiqa 17 soniya)dan deyarli 30 soniyaga yaxshiroq.

Koronavirus pandemiyasidan so‘ng tiklangan Rim marafoni (Acea Run Rome)da 11 mingdan ortiq odam qatnashdi, shundan yarmi — chet elliklar.

Yetakchi uchlik: oltin — Tefera, kumush — yana bir efiopiyalik yuguruvchi Tadesse Mamo Temechachu (2 soat 7 daqiqa 4 soniya), bronza — marokashlik Usmon al-Gumri.

Ayollar o‘rtasidagi marafoncha yugurishlarda ham sovrinli o‘rinlarni afrikaliklar qo‘lga kiritishdi: oltin — efiopiyalik Sechale Dalasa Adugna (2 soat 26 daqiqa 9 soniya), kumush — keniyalik Gledis Kiptuna, bronza — efiopiyalik Nedi Tedelech Bekele.

Bugun Toshkentda ShHT yarim marafoni va «Navro‘z» IV xalqaro marafoni o‘tkazilgani haqida xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring