Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» «qarib qolgan» futbolchisini sotib yubormoqchi

«Real» «qarib qolgan» futbolchisini sotib yubormoqchi

Foto: EPA

«Real Madrid»ning braziliyalik futbolchisi Marselo klubni yozda tark etadi. Bosh murabbiy Zinedin Zidan 32 yoshli futbolchidan bundan buyog‘iga ko‘p narsa kutmayapti.

Zidan himoya chap qanotini ko‘proq 25 yoshli Ferlan Mendiga ishonmoqda.

Marseloning madridliklar bilan shartnomasi 2022-yil yozigacha tuzilgan. «El Chiringuito» yozishicha, bir yarim yildan so‘ng uni tekinga qo‘yib yuborgandan ko‘ra, bu yilning o‘zidayoq sotib yuborishmoqchi.

Marselo 2007-yildan beri «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. «Transfermarkt» portali uning hozirgi bozor qiymatini 10 million yevroga baholagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring