«Real» Pochettino bilan bog‘landi, u 5 kun ichida javobini aytadi
Madridning «Real» klubi «Tottenxem»ning 46 yoshli ustozi Maurisio Pochettino agenti bilan bog‘landi. Bu haqda «Sports.ru» xabar bermoqda.
Argentinalik mutaxassis madridliklardan besh kun muhlat so‘ragan va shu vaqt oralig‘ida o‘z qarorini ma’lum qilishini bildirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Maurisio Pochettino «shporlar» bilan shartnomasini 2022/23-yilgi mavsum oxiriga qadar uzaytirgan. Biroq shartnomaga «Real» yoki «PSJ»dan taklif tushsa, klubni tark etishi mumkinligi to‘g‘risida band kiritilgani aytilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter