Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ravshan Ermatov guruhi KONKAKAF chempionlar ligasi yarim final uchrashuvini boshqaradi

Ravshan Ermatov guruhi KONKAKAF chempionlar ligasi yarim final uchrashuvini boshqaradi

Foto: O‘zPFL rasmiy sayti

O‘zPFL rasmiy saytida aprel oyida O‘zbekistonlik hakamlar ishtirok etadigan bir qator nufuzli musobaqalar haqida xabar e’lon qilindi.

Xabarda aytilishicha, FIFA referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi jamoa aslida 3-aprel kuni Osiyo Chempionlar ligasi doirasida «Shanxay Shenxua» (Xitoy) – «Kashima Antlers» (Yaponiya) uchrashuviga tayinlangan edi. Biroq bu tayinlov FIFA tomonidan boshqa musobaqa bilan almashtirildi.

Unga ko‘ra, vakillarimiz 10 aprel kuni KONKAKAF chempionlar ligasi doirasida Meksikada o‘tadigan «Amerika FK» (Meksika) va «Toronto» FK (Kanada) klublari o‘rtasidagi yarim final uchrashuvini boshqarishadigan bo‘lishdi.

Shuningdek, o‘zbek futbol hakamlar quyidagi uchrashuvlarda ishlaydilar:

27-mart. Osiyo Kubogi - 2019 saralashi.

Livan – Malayziya. Bayrut shahri.
Bosh hakam: Valentin Kovalenko
Qanotlarda: Ruslan Serazetdinov, Alisher Usmonov.
Zaxira hakami: Sherzod Qosimov

27-mart. Osiyo Kubogi - 2019 saralashi.
Yaman – Nepal. Betaraf sifatida Qatarning Doha shahri tanlangan.
Bosh hakam: Aziz Asimov
Qanotlarda: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin.

3-aprel. OChL.
«Serezo Osaka» (Yaponiya) – «Jeyju Yunayted» (J.Koreya)
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Qanotlarda: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin.

10 aprel. OFK Kubogi. Mashxat shahri.
«Al-Suvayh» (Ummon) – «Malkiya» (Bahrayn)
Bosh hakam: Sherzod Qosimov
Qanotlarda: RuslanSerazetdinov, Alisher Usmonov

Shuningdek, 6-20-aprel kunlari Iordaniyaning Amman shahrida futbol bo‘yicha Ayollar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada ishlash uchun o‘zbekistonlik Edita Mirobidova (bosh hakam) va Zilola Rahmatova (yordamchi hakam) taklif etilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring