Ravshan Ermatov futbol bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionati haqida o‘z fikrlarini bildirdi
Bugun Xalqaro press-klubda Osiyo chempionatida g‘alaba qozongan terma jamoamiz murabbiy va futbolchilari, federatsiya vakillari va sport jamoatchiligi ishtirok etdi.
Sessiyadan so‘ng «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali muxbiri FIFA referisi Ravshan Ermatov bilan suhbatlashdi. Ermatov O‘zbekiston terma jamoasi g‘alaba qozongan Osiyo chempionati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
— Avvalo, musobaqada g‘alaba qozongan chempion yigitlarimizga katta rahmat. O‘zbek futboli uchun ushbu g‘alabaning qadri nihoyatda baland.
Musobaqa payti o‘zim ham Xitoyda edim. Futbolchilarimizning ishtirokini katta hayajon bilan kuzatdim. Eng asosiysi chempionatda hakamlar tomonidan jiddiy va qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilmadi. Bu Osiyoda nafaqat futbol, balki hamkamlik saviyasi ham o‘sib borayotganini ko‘rsatadi. Bundan juda xursandman», — Ermatovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Xabar.uz» muxbiri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter